Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasida yangi nosozlik aniqlandi

Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasida yangi nosozlik aniqlandi
Qisqacha

Samsung Galaxy S26 Ultra смартфонида янги камера муаммоси аниқланди. Фойдаланувчилар суратга оlish жараёнида Фоcус Энҳанcер функцияси ёқилганда яқиндан олинган суратлар экрандаги тасвирдан фарқ қилиши маълум бўлди. "Samsung" компанияси ушбу муаммони расман тасдиқлаб, мутахассислар тузатиш устида ишламоқda. Хатолик яқин кунларда чиқариладиган дастурий таъминот янгиланишларида бартараф этилиши кутилмоқда.

"Samsung" Galaxy S26 Ultra smartfoni foydalanuvchilari suratga olish jarayonida yangi muammoga duch kelishdi. Focus Enhancer funksiyasi yoqilgan holatda yaqindan olingan suratlar ekrandagi tasvirdan farq qilishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ba'zi hollarda tasvirning o'ng yoki pastki qismi qirqilib qolmoqda.

"Samsung" kompaniyasi rasmiy forumda ushbu muammo mavjudligini tasdiqladi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, xatolik 24 megapikselli rejimda ikki karra zum va Focus Enhancer funksiyasi bir vaqtda ishlaganda yuzaga keladi.

Bu holat ayniqsa makro syomkalarda yaqqol ko'zga tashlanadi.

Hozirda kompaniya mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Xatolik yaqin kunlarda chiqariladigan dasturiy ta'minot yangilanishlaridan birida to'liq tuzatilishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar