Moskva paradi qisqaradi: Rossiya sababni Ukrainaga yukladi

Moskva paradi qisqaradi: Rossiya sababni Ukrainaga yukladi
Qisqacha

Moskva shahrida 9 may - "G'alaba kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan harbiy parad bu yil qisqarilgan formatda bo'ladi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bu qaror "mavjud operatsion vaziyat" va xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurati bilan bog'liq. Harbiy texnika namoyishi va kursantlar ishtiroki bekor qilinadi, ammo tadbir Moskvaning markazida, Qizil maydonda o'tkaziladi. Kuzatuvchilar bu o'zgarishlar mintaqadagi xavfsizlik vaziyatining keskinlashganidan dalolat beradi.

Rossiya poytaxti Moskvada 9 may — "G‘alaba kuni" munosabati bilan o‘tkaziladigan an’anaviy harbiy parad bu yil odatdagidan ixchamroq formatda tashkil etiladi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parad dasturining qisqartirilishi “mavjud operatsion vaziyat” va xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurati bilan bog‘liq. Rasmiylar bu qarorni Ukrainaning ehtimoliy tahdidlari bilan izohladi.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi tadbirda harbiy texnika namoyishi hamda kursantlar ishtiroki bekor qilinadi. “Xavfni kamaytirish uchun barcha zarur choralarni ko‘ryapmiz. Shu bois parad yanada soddalashtirilgan ko‘rinishda o‘tkaziladi”, — dedi Peskov.

Shunga qaramay, an’anaga ko‘ra, tadbir Moskvaning markazidagi Qizil maydonda bo‘lib o‘tadi. Rasmiylar "G‘alaba kuni" tantanalari to‘liq bekor qilinmasligini, ammo xavfsizlik ustuvor vazifa ekanini alohida urg‘ulamoqda.

Kuzatuvchilar fikricha, bu yilgi o‘zgarishlar mintaqadagi keskin vaziyat fonida xavfsizlik choralarining kuchayganidan darak beradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar