date

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin

2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali Ispaniyada bo‘lib o‘tishi ehtimoli yuqori. BBC xabariga ko‘ra, bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turnirni Ispaniya, Portugaliya va Marokash birgalikda qabul qiladi. Musobaqaning dastlabki uch uchrashuvi esa mundialning 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Lusan Ispaniya ko‘p yillardan buyon yirik musobaqalarni yuqori saviyada tashkil eta olishini ta’kidlab, 2030 yilgi mundialda mezbonlik bo‘yicha yetakchi rol aynan shu mamlakatga tegishli bo‘lishini aytdi. Biroq u final qaysi stadionda o‘tishini aniqlashtirmadi.

Avvalroq Marokash tomoni finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” arenasida o‘tkazishni istayotganini bildirgan edi. Qurilishi 2028 yilga borib yakunlanishi kerak bo‘lgan stadion 115 ming tomoshabinga mo‘ljallanishi kutilmoqda. FIFA esa hozircha hal qiluvchi o‘yin manzili bo‘yicha izoh bermadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin