date

Kilmens stadionini yangilash uchun muxlislarini yordamga chaqirdi

Kilmens stadionini yangilash uchun muxlislarini yordamga chaqirdi

1887 yilda tashkil etilgan va Argentina futbolining eng qadimiy klublaridan biri bo'lgan «Kilmens» hozir murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Shuning uchun jamoa rahbariyati sodiq muxlislaridan ko'mak so'rashga majbur bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub stadionni qayta qurish rejasini e'lon qildi, biroq bu safar odatdagidek pul yig'ish haqida emas. Rahbariyat muxlislarga stadionga kelib, ta'mirlash va qayta jihozlash ishlari bo'yicha aniq vazifalarni bajarib, jismonan mehnat qilishni taklif qildi.

Janubiy yarim sharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, «Kilmens» ishqibozlari bu chaqiriqqa befarq qolmadi va stadionni yangilash ishlarida faol ishtirok etishga rozi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kilmens stadionini yangilash uchun muxlislarini yordamga chaqirdi