date

Kloze Messi va Mbappe uning JCh rekordini yangilashini aytdi

Kloze Messi va Mbappe uning JCh rekordini yangilashini aytdi

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Jahon chempionatlaridagi gollar bo'yicha o'z rekordini yaqin yillarda yangilashlari mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kloze to'rtta mundialda qatnashib, umumiy hisobda 16 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Hozir faol futbolchilar orasida unga eng yaqin kelayotganlar — Lionel Messi (13 gol) va Kilian Mbappe (12 gol).

«Ishonchim komil, Jahon chempionatidagi gollar bo'yicha rekordim tez orada buziladi. Buni Messi 2026 yilda amalga oshirishi mumkin, yoki Mbappe 2026 yoxud 2030 yilda. Men Leoning katta muxlisiman va u faoliyatini davom ettirsa, eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Mbappening ham iste'dodi aqlbovar qilmas darajada. Umid qilamanki, ikkalasi ham sog'lom bo'ladi va eng yuqori darajasini ko'rsatadi. Qanday bo'lmasin, mening statistikam hali ham eng zo'ri, qolaversa, men yarim finalda to'rt marta o'ynagan yagona futbolchiman», — deya Kloze so'zlarini keltiradi Bild.

Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yilgi Qatar mundialida chempion bo'lgan, Mbappe 2018 yilda Rossiyada kubokni ko'targan, Kloze esa 2014 yil Braziliyada o'z terma jamoasi bilan zafar quchgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kloze Messi va Mbappe uning JCh rekordini yangilashini aytdi