Atletiko Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini olib kelmoqchi

Madridning «Atletiko» klubi qishki transfer oynasida Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretskani asosiy nishon sifatida ko'rmoqda. «Matraschilar» uni Konor Gallaxer o'rnini bosishi mumkin bo'lgan futbolchi deb hisoblayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis Sky jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, «Goretska — Diyego Simeone va Mateu Alemani uchun orzudagi maqsad».
Manbaga ko'ra, «Atletiko» va futbolchi o'rtasida allaqachon to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar bo'lib o'tgan, navbatdagi bosqich esa chorshanba kuni o'tkazilgan. Klub loyihasi Goretskani qiziqtirmoqda: u yaqin kunlarda Madridga ko'chib o'tish yoki mavsumni «Bavariya»da yakunlash variantlarini ko'rib chiqyapti. Yakuniy qaror 24 soat ichida qabul qilinishi kutilmoqda.
30 yoshli Goretskaning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!