Nepomnyashchiy Makarov Turkiya klublariga mosligini aytdi

Turkiya klublarida ishlash tajribasiga ega rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Denis Makarovning "Kayserispor"ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Yarim himoyachi Moskvaning "Dinamo"sini tekinga tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Makarovning Turkiyada o'zini ko'rsatib ketishi oson bo'lmaydi. Uning fikricha, futbolchining o'yin jihatlari turk jamoalariga mos, ammo mentalitet va kundalik hayotga moslashish masalasida savollar bor. Nepomnyashchiyning so'zlarini "Match TV" keltirdi.
Hozirda "Kayserispor" quyi ligada qolish uchun kurashmoqda: jamoa 15 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda. 27 yoshli Makarov esa bu mavsum barcha turnirlarda 12 o'yinda maydonga tushib, 3 gol urdi va 1 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing