date

Goretska Barselonaga o‘tish bo‘yicha mish-mishlarni rad etdi

Goretska Barselonaga o‘tish bo‘yicha mish-mishlarni rad etdi

“Bavariya” yarim himoyachisi Leon Goretska transfer bozoridagi gap-so‘zlarga munosabat bildirib, u hech qaysi klubga o‘tish masalasida tashabbus bilan chiqmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq OAVda futbolchi “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan bog‘lanib, kataloniyaliklar safiga qo‘shilishni istagani haqida xabarlar tarqalgandi. Goretska Flik bilan avval Myunxen klubida va Germaniya terma jamoasida birga ishlagan.

“Men Flikka ‘Barselona’ga o‘tish bo‘yicha murojaat qilganim haqidagi ma’lumotlarni o‘qidim. Buni hoziroq inkor qilaman”, — dedi Goretska DIE ZEIT nashriga bergan intervyusida.

Leon Goretska 2018 yilda erkin agent sifatida “Boxum”dan “Bavariya”ga kelib qo‘shilgandi. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u myunxenliklar safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Goretska Barselonaga o‘tish bo‘yicha mish-mishlarni rad etdi