Kloze Messi va Mbappe uning mundial rekordini yangilashi mumkinligini aytdi

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze jahon chempionatlari tarixidagi to'plar bo'yicha o'z rekordi tez orada yangilanishiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kloze to'rtta mundialda ishtirok etib, jami 16 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Hozir faol futbolchilar orasida unga eng yaqin ko'rsatkich Lionel Messida — 13 gol, Kiliyan Mbappeda esa — 12 gol.
«Rekordim albatta yiqiladi. Buni 2026 yilda Messi amalga oshirishi mumkin, Mbappe esa 2026 yoki 2030 yillarda yaqinlashadi. Men Leoning ashaddiy muxlisiman va u o'ynashda davom etsa, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Mbappening iste'dodi ham aqlbovar qilmas darajada. Ikkalasi ham sog'lom bo'lib, maksimal darajasini ko'rsatishini istayman. Shunga qaramay, hozircha eng yaxshi statistika mendagi va yarim finalda to'rt marta o'ynagan yagona futbolchiman», — deya Klozening so'zlarini Bild keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yil Qatar mundialida chempion bo'lgan, Mbappe 2018 yilda Rossiyada kubokni qo'lga kiritgan, Kloze esa 2014 yil Braziliyadagi turnirda g'oliblikni nishonlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!