date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua OChLda mag'lub bo'ldi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua OChLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasi doirasida chorshanba kuni "Shanxay Shenxua" o'z maydonida "Vissel Kobe"ni qabul qildi. Xitoydagi bahsda yapon klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mehmonlar ikki golni ham tanaffusgacha urishga ulgurdi: 32-daqiqada Yosuke Ideguchi hisobni ochdi, 39-daqiqada esa Tetsushi Yamakava ustunlikni mustahkamladi. Leonid Slutskij jamoasi ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartira olmadi.

Ushbu natijadan so'ng "Vissel Kobe" OFK Chempionlar ligasidagi guruhida peshqadamlikni saqlab turibdi: besh turdan keyin jamoa 15 ochkodan 12 tasini jamg'argan. "Shanxay Shenxua" esa atigi 4 ochko bilan jadvalning quyi qismida qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Shanxay Shenxua" Xitoy chempionatida ketma-ket ikkinchi yil kumush medallarni qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua OChLda mag'lub bo'ldi