date

Eddi Xau Livramentoning qaytish muddatini aytdi

Eddi Xau Livramentoning qaytish muddatini aytdi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau himoyachi Tino Livramentoning tiklanish jarayoni haqida yangilik berdi. Futbolchi avvalroq son orqa payi jarohatini olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xauga ko'ra, Livramentoning ahvoli yomon emas va unga bugun yana bir tekshiruv o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mutaxassis ijobiy xabar kutayotganini ta'kidlab, hammasi yaxshi ketsa futbolchini mart oyi boshlarida safga qaytarishga umid qilayotganini bildirdi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Livramento barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 19 o'yinda maydonga tushdi. U hozircha gol ura olmadi, ammo bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.

«Nyukasl» 31 yanvar kuni Angliya chempionati doirasida safarda «Liverpul»ga qarshi bahs o'tkazadi. Uchrashuv 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eddi Xau Livramentoning qaytish muddatini aytdi