date

Fenerbahche Kante transferini yanvar oxirigacha yakunlamoqchi

Fenerbahche Kante transferini yanvar oxirigacha yakunlamoqchi

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi “Al-Ittihod” yarim himoyachisi N’Golo Kanteni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha urinishlarini to‘xtatgani yo‘q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Istanbul jamoasiga o‘tishga qiziqmoqda. Fransuz yarim himoyachiga Domeniko Tedesko taklif qilayotgan loyiha ma’qul kelgan va tomonlar og‘zaki kelishuvga ham erishgan. Biroq hozircha asosiy to‘siq — “Al-Ittihod” Kanteni qo‘yib yuborishni istamayotgani.

Kante 2023 yilda “Chelsi”dan erkin agent sifatida Saudiya klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 25 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche Kante transferini yanvar oxirigacha yakunlamoqchi