Fenerbahche Kante uchun 4 mln yevro taklif qilmoqchi

Fransuz tayanch yarim himoyachisi N’Golo Kante yana Yevropaga qaytishi mumkin. Hozirda 34 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Ittihod» safida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sports Digitale manbasi xabariga ko‘ra, tajribali fransuzga Istanbulning «Fenerbahche» klubi qiziqish bildirmoqda. Turkiya grandi rahbariyati Kante transferi uchun 4 million yevro ajratishga tayyor.
Qayd etilishicha, yarim himoyachining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Joriy mavsumda Kante Saudiya Arabistoni chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing