Arteta g‘alabadan so‘ng hozir zavqlanish vaqti dedi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Sanderlend»ga qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. APLning 25-turida «kanonirlar» 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arteta raqibning o‘yin uslubini alohida ta’kidladi: «Juda yaxshi jamoa, raqiblarga doim muammo tug‘diradi. Jismonan kuchli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ynaydi, yaxshi tashkillashtirilgan — shuning uchun o‘yin cho‘zilib ketdi», — deya uning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.
Murabbiy «Arsenal» deyarli hech narsa bermaganini aytdi: «Deyarli hech narsani boy bermadik. Faqat bir vaziyat bo‘ldi — darvozabonimiz to‘pni ilib olishga uringan paytda menimcha qoida buzildi. Qolganida esa jiddiy xavf yo‘q».
Shu bilan birga, Arteta maydonda to‘liq hukmronlik qilish oson bo‘lmaganini tan oldi: «Uchrashuvni barcha jihatdan boshqarib, rostdan ham to‘liq dominant o‘ynash qiyin edi. Chunki raqib o‘yin ritmini buzishni yaxshi biladi, ular oxirgi daqiqagacha kurashdi. Bugun esa zavqlanish vaqti — men juda xursandman».
25-turdan keyin «Arsenal» 56 ochko bilan APL jadvalida peshqadam. «Manchester Siti» va «Aston Villa»da 47 ochkodan bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!