date

Endrik chetlatildi, Lion baribir Nantni mag'lub etdi

Endrik chetlatildi, Lion baribir Nantni mag'lub etdi

Fransiya Ligasi 1 ning 21-turida «Nant» o'z maydonida «Lion»ni qabul qildi va minimal hisobda mag'lub bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv avvalida Mohamed Kabaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p ustunga tegdi. 25-daqiqada Afonse Moreyra darvozabonni yenga olmadi, biroq darhol sherigini ko'rdi va Pavel Shults aniq zarba bilan hisobni ochdi — 0:1. Oradan ko'p o'tmay «Lion» yana xavfli hujum uyushtirdi: Endrikning zarbasini darvozabon burchak to'piga qaytardi.

Ikkinchi bo'limda «Nant» faollashdi: Remi Kabella havodan ajoyib uzatmalar bilan Yussef el-Arabini bir necha bor zarba pozitsiyasiga olib chiqdi. El-Arabining bosh bilan yo'llagan zarbasi ustunga tegdi, 69-daqiqada esa u darvozabonni dog'da qoldirishga juda yaqin bo'ldi.

Biroq 59-daqiqada «Lion» uchun muhim burilish yuz berdi: Endrik Demen Tabibuga nisbatan qo'pol harakati uchun qizil kartochka oldi. Shunga qaramay, mehmonlar bir kishi kam bo'lib ham hisobni saqlab qoldi va g'alabani qo'ldan chiqarmadi.

Natijada «Lion» omadli seriyasini davom ettirib, turnir jadvalida yakka uchinchi o'ringa ko'tarildi. «Nant» esa uchinchi pog'onada qolmoqda, biroq bu safar pastdan — ya'ni quyi uchlikda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik chetlatildi, Lion baribir Nantni mag'lub etdi