date

The Athletic reytingida tarixning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

The Athletic reytingida tarixning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 eng yaxshi futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro‘yxatning kuchli o‘ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.

Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyinligi ta’kidlanmoqda. Reddit’dagi izohlarda futbol muxlislari o‘rtasida qizg‘in bahslar avj oldi, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo‘lgan Pelening faqat uchinchi o‘ringa qo‘yilganidan norozi.

Shuningdek, afsonaviy darvozabon Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog‘onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic reytingida tarixning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi