date

Qirg'izistonda Chevrolet Tahoe va Damas avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi

Qirg'izistonda Chevrolet Tahoe va Damas avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi

Qirg'izistonda Chevrolet Tahoe premium yo'ltanlamasi va Chevrolet Damas tijorat avtomobilini ishlab chiqarishga start berildi. Dvigatel hajmi 6,2 litr, quvvati 420 ot kuchiga teng bo'lgan sakkiz silindrli Tahoe modeli «Tulpar Motors» zavodida yig'ilayotgan oltinchi avtomobilga aylandi. Korxona faoliyat boshlaganiga ikki yil to'lmasdan Cobalt, Onix, Tracker va Captiva kabi modellarni o'zlashtirishga ulgurdi. Bu haqda Kaktus.media xabar beradi.

«Tulpar Motors» zavodi mamlakat avtomobilsozlik sohasida yangi davrni boshlab berdi. O'tgan yilning o'zida korxona 1 680 dona transport vositasini realizatsiya qildi. Chevrolet Cobalt mamlakat bozorida eng ko'p sotilgan avtomobil, Chevrolet Tracker esa eng ommabop krossover deb topildi. 2025 yil yakuniga ko'ra ishlab chiqarish hajmi 5 mlrd somga yetishi, joriy yilda esa kamida 3 000 dona avtomobil yig'ilishi rejalashtirilgan.

Kompaniya boshqaruvchi direktori Konstantin Shvedchikovning ta'kidlashicha, zavod noldan qurilib, barcha logistika va servis tizimlari yo'lga qo'yilgan. 2026 yilga borib respublika bo'ylab o'nta savdo nuqtasi va hududiy servis markazlari ochilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, fuqarolar uchun avtokreditlar yillik 8 foiz, davlat xizmatchilari uchun esa 4 foiz stavkada taklif etilmoqda.

AQShning Qirg'izistondagi elchisi Lesli Vigeri ushbu hamkorlik ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlashini va iqtisodiy o'sishga xizmat qilishini qayd etdi. «Tulpar Motors» yaqin kelajakda o'z model qatorini yanada kengaytirib, Suburban, Traverse va Captiva PHEV kabi avtomobillarni ham ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Qirg'izistonda Chevrolet Tahoe va Damas avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi