Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasini yutishidan xursand bo'ladi

Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb «Arsenal»ning joriy Chempionlar ligasi mavsumidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gleb «kanonirlar» musobaqaning umumiy bosqichini juda kuchli o'tkazganini ta'kidladi. Shunga qaramay, uningcha, hozircha turnir g'olibligini qo'lga kiritadigan aniq bitta favoritni ajratib ko'rsatish qiyin.
«Hammasi 1/8 final ishtirokchilari ma'lum bo'lgach, yanada ravshanlashadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo'lmasa finalgacha yetsa, bundan xursand bo'laman», — dedi Gleb.
Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida hujumkor va o'yin ko'rsatadigan ikki jamoani ko'rishni istashini qo'shimcha qildi.
Ma'lumot uchun, «Arsenal» Chempionlar ligasining umumiy bosqichini birinchi o'rinda yakunlab, sakkiz uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi. «Kanonirlar» turnirning yangi formatida buni uddalagan ilk jamoa bo'ldi.
Gleb «Arsenal»ning muvaffaqiyat siri haqida ham to'xtaldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!