Amazon AWS platformasiga OpenAI modellarini qo'shdi

1 daqiqa o'qish199
Amazon AWS platformasiga OpenAI modellarini qo'shdi

OpenAI kompaniyasi o'zining asosiy investori Microsoft bilan eksklyuziv huquqlarni tugatishga kelishib olganidan so'ng, Amazon darhol yangi imkoniyatlarni ishga tushirdi. Amazon Web Services (AWS) platformasi OpenAI modellarini, jumladan, yangi agent xizmatlarini o'z ichiga olgan qator takliflarni e'lon qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Amazon rahbari Endi Jassi ushbu kelishuvni «juda qiziqarli yangilik» deb atadi. Mazkur o'zgarish OpenAI uchun AWS bilan hamkorlik qilishdagi to'siqlarni olib tashladi.

Amazon AWS platformasiga OpenAI modellarini qo'shdi

Avvalroq Amazon va OpenAI o'rtasida 50 milliard dollargacha bo'lgan yirik shartnoma imzolangan edi.

AWS tarkibidagi Bedrock xizmati endilikda OpenAI'ning eng so'nggi modellari, Codex kod yozish xizmati va sun'iy intellekt agentlarini yaratish uchun yangi mahsulotni taqdim etadi. Bedrock Managed Agents deb nomlangan yangi xizmat aynan OpenAI'ning mantiqiy fikrlash modellaridan foydalanish uchun ishlab chiqilgan.

Amazon o'z blogida ushbu qadam AWS va OpenAI o'rtasidagi yanada chuqurroq hamkorlikning boshlanishi ekanini ta'kidladi. So'nggi vaqtlarda Microsoft va OpenAI munosabatlari sovuqlashgani kuzatilmoqda.

OpenAI endilikda AWS va Oracle bilan ishlamoqda, Microsoft esa Anthropic kompaniyasi bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?