date

The Athletic reytingida Messi tarixdagi eng zo'r deb topildi

The Athletic reytingida Messi tarixdagi eng zo'r deb topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi eng kuchli 100 futbolchi reytingi faol tarqalmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro'yxatning ilk o'nligi quyidagicha ko'rinish olgan: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.

Bunday reytinglarni mutlaq xolis tuzish mushkul ekani sababli, Reddit’da futbol ishqibozlari orasida bahslar qizib ketdi. Ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rin bilan kifoyalangani borasida e'tiroz bildirdi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic reytingida Messi tarixdagi eng zo'r deb topildi