Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasi imkonini baholadi

Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb, avval «Arsenal» safida to‘p surganini eslatib, «kanonirlar»ning joriy Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Glebning aytishicha, «Arsenal» turnirning umumiy bosqichini juda yuqori saviyada o‘tkazdi. Biroq u hozircha musobaqada bitta yaqqol favoritni ajratib ko‘rsatish qiyinligini ta’kidladi.
«Hammasi 1/8 final ishtirokchilari ma’lum bo‘lgach, yanada ravshanlashadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo‘lmasa finalgacha yetib borsa, juda xursand bo‘laman», — dedi Gleb.
Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida himoyaga berkinib qolmaydigan, hujumkor futbol ko‘rsatadigan ikki jamoani ko‘rishni istashini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, «Arsenal» Chempionlar ligasining umumiy bosqichini birinchi o‘rinda yakunlagan. London klubi sakkiz uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, turnirning yangi formatida buni uddalagan ilk jamoaga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!