date

Shveytsariya terma jamoasi hujumchisining avtomobilini o'g'irlashmoqchi bo'lishdi

Shveytsariya terma jamoasi hujumchisining avtomobilini o'g'irlashmoqchi bo'lishdi

«Renn» va Shveytsariya terma jamoasi markaziy hujumchisi Brel Embolo huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Le Parisien xabariga ko'ra, noma'lum shaxslar yaqinda uning avtomobilini olib qochishga uringan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, 7 fevral kuni o'g'rilar Emboloning qiymati bir necha yuz ming yevroga baholanayotgan mashinasini o'g'irlashga harakat qilgan, biroq reja amalga oshmagan. Futbolchi politsiyaga bundan to'rt kun avval ham shunga o'xshash holat kuzatilganini bildirgan.

Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shveytsariya terma jamoasi hujumchisining avtomobilini o'g'irlashmoqchi bo'lishdi