Keyn va Olise Bavariya tarkibida maydonga tushadi

Germaniya Bundesligasining 21-turi doirasida "Bavariya" o'z maydonida "Hoffenhaym"ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Start tarkib: Noyer, Stanisich, Upamekano, Ta, Devis, Kimmix, Pavlovich, Dias, Gnabri, Olise, Keyn.
"Bavariya" — "Hoffenhaym" uchrashuvi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Myunxendagi bahs voqealarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
"Bavariya" ayni paytda Germaniya chempionatida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi Dortmundning "Borussiya"si bir o'yin ko'proq o'tkazgan bo'lsa-da, myunxenliklardan uch ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing