The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng yaxshi futbolchi ro'yxati keng tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning kuchli o'nligida quyidagi nomlar joy olgan: birinchi o'rinda Lionel Messi, undan keyin Diego Maradona va uchinchi pog'onada Pele. To'rtinchi o'rinni Yoxan Kroyf egallagan bo'lsa, beshinchi o'rinda Krishtianu Ronaldu qayd etilgan. Shuningdek, top-10 ro'yxatidan Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini ham joy olgan.
Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish oson emasligi ta'kidlanmoqda. Redditdagi muhokamalarda futbol ishqibozlari o'rtasida bahslar qizib ketdi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa tushib qolganidan norozi.
Darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin esa ushbu reytingda 18-o'ringa qo'yilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!