Inter Sassuologa qarshi o'yin uchun tarkibni e'lon qildi

Italiya A Seriyasining 24-turi doirasida yakshanba kuni kechqurun «Sassuolo» va «Inter» o'zaro bahs olib boradi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Chivu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Maydonga ilk daqiqalardan quyidagilar tushadi: Zommer, Bissekk, Akandji, Bastoni, Dimarko, Enrike, Suchich, Zelinski, Mxitaryan, Tyuram va Lautaro Martines.
«Sassuolo» — «Inter» uchrashuvi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
«Inter» hozirda Italiya chempionatida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Milan» qo'shnilaridan besh ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing