Denis Makarov jarohat sabab muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat oldi va hozircha qachon maydonga qaytishi noma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub bergan xabarga ko‘ra, futbolchining tekshiruvlari davomida o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar o‘rta guruhida yengil shikastlanish hamda shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safidagi ilk uchrashuvini 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi. O‘sha bahs 0:4 hisobida yakunlangan, rossiyalik futbolchi jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Makarov avvalroq Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!