date

Gleb Arsenal Chempionlar ligasini yutsa xursand bo'laman dedi

Gleb Arsenal Chempionlar ligasini yutsa xursand bo'laman dedi

Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb «Arsenal»ning joriy Chempionlar ligasi mavsumidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning aytishicha, londonliklar musobaqaning umumiy bosqichida juda kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Biroq hozircha turnir g‘olibligini aniq bitta favoritga bog‘lash qiyinligini ta’kidladi.

«Hammasi 1/8 final ishtirokchilari to‘liq ma’lum bo‘lgach, yanada ravshanlashadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo‘lmasa finalgacha borsa, xursand bo‘laman», — dedi Gleb «RB Sport»ga.

Shuningdek, u finalda hujumkor uslubni tanlaydigan, o‘yin ko‘rsatadigan ikki jamoani ko‘rishni istashini qo‘shimcha qildi.

«Arsenal» Chempionlar ligasi umumiy bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi va sakkiz uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. «Kanonirlar» turnirning yangi formatida bunday natijaga erishgan ilk jamoa bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gleb Arsenal Chempionlar ligasini yutsa xursand bo'laman dedi