Barselonadan kelgan Dro PSJ safida ilk bor maydonga tushdi

Hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes ilk bor «Pari Sen-Jermen» safida o‘yin amaliyotini boshladi. 18 yoshli ispan futbolchi Liga 1 doirasida «Marsel»ga qarshi «Park de Prens»dagi uchrashuvda debyut qildi: u 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, o‘sha paytda hisob allaqachon yakuniy ko‘rinish (5:0)ga kelib qolgan edi. O‘yin boshlanishidan avval Dro stadiondagi muxlislarga rasman tanishtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Dro yanvar oxirida «Barselona»dan PSJga ko‘chib o‘tgan. Fransuz grandi «ko‘k-anorranglilar» akademiyasining istiqbolli tarbiyalanuvchisi uchun 8 mln yevro to‘lagani qayd etilgan.
21 turdan so‘ng PSJ Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Luis Enrike jamoasi ikkinchi o‘rindagi «Lans»dan ikki ochko oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!