Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Klub ma’lumotiga ko‘ra, davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safidagi ilk uchrashuvini 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi. Bahs 0:4 hisobida yakunlandi, jamoa esa turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Makarov avvalroq Moskvaning «Dinamo» klubida ham o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!