date

Safonov PSJdagi ishonchni qozonib, asosiy tarkibda qoldi

Safonov PSJdagi ishonchni qozonib, asosiy tarkibda qoldi

PSJ darvozaboni Matvey Safonovning ilk murabbiyi Aleksey Chistyakov rossiyalik posbonning fransuz klubi safidagi ketma-ket uchinchi o‘yinda startda maydonga tushganiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Liga 1ning 21-turida PSJ o‘z maydonida “Marsel”ni 5:0 hisobida tor-mor etdi. Safonov uchun bu bahs joriy mavsumda darvozasi daxlsiz qolgan uchinchi o‘yin bo‘ldi.

“Matveyning PSJda ketma-ket uchinchi marta asosiy tarkibda o‘ynagani — klub unga katta ishonch bildirayotganini anglatadi. Bu uning mehnati va intilgan maqsadi natijasi. Barakalla!” — dedi Chistyakov “Chempionat”ga bergan intervyusida.

Bu mavsum 26 yoshli Safonov barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 5 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 bor o‘z darvozasini “quruq” saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Safonov PSJdagi ishonchni qozonib, asosiy tarkibda qoldi