date

“Manchester Siti" “Arsenal”ni mag‘lub etdi: chempionlik poygasi qiziydi

“Manchester Siti" “Arsenal”ni mag‘lub etdi: chempionlik poygasi qiziydi

Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan markaziy va hal qiluvchi bahsda “Manchester Siti” o‘z maydonida turnir peshqadami “Arsenal” ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Keskin va shiddatli ruhda o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlanib, chempionlik poygasiga yana-da intriga qo‘shdi.

Manchesterliklar tarkibida Rayan Sherki 16-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Kay Haverts javob golini kiritib, muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda esa Erling Xoland o‘z so‘zini aytdi va 65-daqiqada hal qiluvchi golni urdi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa davomida maydonda harakat qilib, jamoasining muhim g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Bu natijadan keyin “Arsenal” 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini saqlab qolgan bo‘lsa-da, Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” 67 ochkoga yetdi. Endi “shaharliklar” zaxiradagi o‘yinida ham g‘alaba qozonsa, peshqadamga tenglashish imkoniga ega bo‘ladi.

APL. 33-tur

“Manchester Siti” — “Arsenal” 2:1

19 aprel, “Etihad”

Gollar: Sherki (16), Xoland (65) — Haverts (18)

“Manchester Siti”: Donnarumma, Nunesh, Husanov, Gehi, O‘Rayli, Rodri (Niko, 88), Silva, Semenyo (Ake, 90+6), Sherki (Foden, 84), Doku (Savinio, 88), Xoland.

“Arsenal”: Rayya, Moskera (Uayt, 74), Saliba, Gabriel, Hinkapi, Edegor, Subimendi (Gyokeresh, 84), Rays, Madueke (Martinelli, 46), Eze (Trossar, 74), Haverts.

Ogohlantirishlar: Moskera (36), Gehi (60), Gabriel (83), Xoland (83)

Bu g‘alaba orqali “Manchester Siti” chempionlik kurashida jiddiy daʼvogar ekanini yana bir bor namoyish qildi. Endi mavsumning hal qiluvchi pallalarida har bir ochko oltinga teng bo‘lib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti" “Arsenal”ni mag‘lub etdi: chempionlik poygasi qiziydi