“Al-Nasr” Ronaldu yetakchiligida “Al-Vasl”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining chorakfinal dastlabki uchrashuvida “Al-Vasl” o‘z maydonida “An-Nasr”ni qabul qilib, yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu bahs saudiyaliklar ustunligi ostida o‘tdi va mehmonlar yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga juda yaqinlashdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Krishtianu Ronaldu Navaf Al-Bushaylning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 24-daqiqada Inyigo Martines Joau Felishning assisti orqali ustunlikni ikki baravarga oshirdi. Faqat ikki daqiqa o‘tib, 26-daqiqada Abdulila Al-Amri yana bir gol kiritdi, bu safar ham golli pas Felish tomonidan berildi.
O‘yinning ikkinchi qismida ham “An-Nasr” nazoratni qo‘ldan chiqarmadi. 80-daqiqada Sadio Mane hisobni 0:4 ko‘rinishiga yetkazib, jamoasining ishonchli g‘alabasini mustahkamladi.
Shu natija orqali “An-Nasr” yarimfinalga yo‘l olish uchun katta ustunlikka ega bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu esa o‘z faoliyatidagi 969-golini urdi va yana bir tarixiy ko‘rsatkichni qayd etdi.
OCHL-2. Chorakfinal (1-uchrashuv)
“Al-Vasl” – “An-Nasr” 0:4
Gollar: Ronaldu (11), Martines (24), Al-Amri (26), Mane (80)
“Al-Vasl”: Ali, Ugo, Vareta, Adriyelson, Maleyru, Sidibe, Ganaer, Serjinyo, Palasios, Ximenes, Borxa.
“An-Nasr”: Bento, Simakan, Al-Amri, Al-Bushayl, Martines, Mane, Brozovich, Gabriel, Koman, Felish, Ronaldu.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!