The Athletic reytingida Messi tarixdagi eng zo'r deb topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi roʻyxati keng tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning ilk o‘ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Bunday roʻyxatlarni mutlaqo xolis tuzish oson emasligi ta’kidlanmoqda. Reddit’dagi muhokamalarda futbol ishqibozlari orasida qizgʻin bahslar boshlandi, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo‘lgan Pelening faqat uchinchi o‘ringa qo‘yilganidan norozi bo‘ldi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog‘onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing