date

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gollik marrasi haqida gapirdi

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gollik marrasi haqida gapirdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos 41 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning faoliyatida 1000 ta gol urish yo‘lidagi intilishi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karlosning ta’kidlashicha, Ronalduning rekordlar ortidan quvishi muxlislar uchun ham juda qiziq jarayon. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha 1000 ta gol urgan yagona futbolchi sifatida Pele tilga olinadi, biroq Ronalduning ham bu ro‘yxatga qo‘shilish imkoniyati bor.

Joriy mavsumda superyulduz Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. Shuningdek, Ronaldu Saudiya ligasi ichidagi transfer siyosatidan norozi bo‘lgani sabab «Al-Nasr»ning so‘nggi uchrashuvlarini boykot qilgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos Ronalduning 1000 gollik marrasi haqida gapirdi