date

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubida to‘p surgan sobiq futbolchi Roberto Karlos 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning faoliyatida 1000 gol urish maqsadi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Ronalduning muxlislari uchun Krishtianuning tarix yaratib, yangi rekordlar o‘rnatayotganini ko‘rish juda yoqimli. 1000 ta gol urgan yagona futbolchi Pele bo‘lgan. Ronaldu ham bu ro‘yxatni to‘ldirishi mumkin”, — deya Karlosning so‘zlarini O Jogo nashri keltirdi.

Joriy mavsumda yulduz hujumchi Saudiya Arabistonidagi jamoasi safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Ronaldu Saudiya ligasi ichidagi transfer siyosatidan norozi bo‘lgani sabab “Al-Nasr”ning so‘nggi o‘yinlarida ishtirok etmay, ularni boykot qilgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi