Denis Makarov o'ng son mushagidan jarohat oldi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to'p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohati sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub ma’lumotiga ko'ra, tekshiruvlar Makarovning o'ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlanganini ko'rsatgan. Futbolchining davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov “Kayserispor” safida 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi o'yinda debyut qilgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlandi, jamoa esa turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq futbolchi Moskvaning “Dinamo” klubida o'ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing