date

Denis Makarov jarohat olib, maydonga qachon qaytishi noma’lum

Denis Makarov jarohat olib, maydonga qachon qaytishi noma’lum

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlandi. Rossiyalik futbolchi jamoasi hozir turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Makarov avvalroq Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov jarohat olib, maydonga qachon qaytishi noma’lum