Kompani Bavariyaning yirik galabasini izohladi

Bundesliganing 21-tur markaziy uchrashuvida “Bavariya” o‘z maydonida “Hoffenhaym”ni 5:1 hisobida tor-mor etdi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani o‘yindan keyin natija haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Agar 5:0 yoki 6:0 bo‘lganida yanada ideal ko‘rinardi. Shunga qaramay, biz raqibga hurmat bilan qaraymiz: qarshimizda kuchli jamoa bo‘ldi, shu bois bu natijani yaxshi deyish mumkin. Endi butun e’tiborimiz “RB Leyptsig”ga qarshi bahsga qaratilgan”, — deya Kompani so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Kecha qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng “Bavariya” 54 ochko jamg‘ardi va Bundesligada peshqadamlikni saqlab turibdi. Myunxen klubi eng yaqin ta’qibchisini olti ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing