date

Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi

Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi

Fransiyaning «Renn» klubi rahbariyati bosh murabbiy Habib Bey va uning yordamchilarini jamoa bilan ishlashdan vaqtincha chetlatganini ma’lum qildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy sahifalarida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Beyning keyingi taqdiri bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar mashg‘ulotlarni Sebastyan Tambure, Per-Aleksandr Lelyevr va Maksim Le Marshan olib boradi. Bunday qarorga so‘nggi o‘yinlardagi omadsiz natijalar sabab bo‘ldi: jamoa ketma-ket to‘rt uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, umumiy hisobda 1:12 nisbatida yutqazdi.

Hozirda «Renn» chempionat turnir jadvalida 21 turdan so‘ng 31 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Habib Bey jamoada 2025 yil yanvaridan beri ishlab kelayotgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi