date

Uvarov Rossiya va Isroil uchrashuvi ehtimolini aytdi

Uvarov Rossiya va Isroil uchrashuvi ehtimolini aytdi

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Uvarov Rossiya va Isroil milliy jamoalari yaqin yillarda o'rtoqlik o'yinida to'qnash kelishi mumkinligini bildirdi. Hozirda u Tel-Avivning «Makkabi» klubida yoshlar jamoasi darvozabonlari bilan ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uvarovning ta'kidlashicha, bunday bahsni o'tkazishga jiddiy to'siq yo'q. Uning fikricha, agar Rossiya tomoni tashabbus ko'rsatsa, 2026 yilda Rossiya va Isroil terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni ko'rish mumkin.

Shuningdek, u Rossiya va Isroil futbol federatsiyalari o'rtasidagi munosabatlar ijobiy ekanini alohida qayd etdi.

Ma'lumki, sanksiyalar sharoitida Rossiya terma jamoasi hozircha faqat o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmoqda. Mart oyidagi navbatdagi yig'in uchun raqiblar esa hanuz e'lon qilinganicha yo'q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Uvarov Rossiya va Isroil uchrashuvi ehtimolini aytdi