date

Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi

Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi

Fransiyaning «Renn» klubi rahbariyati bosh murabbiy Habib Bey va uning murabbiylar shtabini jamoa boshqaruvidan vaqtincha chetlatganini ma’lum qildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy manbalarida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Beyning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar mashg‘ulotlarni Sebastyan Tambure, Per-Aleksandr Lelyevr hamda Maksim Le Marshan olib boradi. Bunday qarorga so‘nggi o‘yinlardagi omadsiz natijalar sabab bo‘ldi: «Renn» ketma-ket 4 uchrashuvda yutqazib, jami 1:12 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Hozirda «Renn» chempionat jadvalida 21 turdan so‘ng 31 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Habib Bey jamoada 2025 yil yanvaridan buyon ishlayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi