Uvarov Rossiyaga UEFA doirasida ehtimoliy raqibni aytdi

Sobiq SSSR terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Uvarov Rossiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini bildirdi. Hozirda u Tel-Avivning «Makkabi» klubida o‘smirlar jamoasi darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uvarovning ta’kidlashicha, bunday o‘yinni tashkil etishga jiddiy to‘siqlar yo‘q: agar Rossiya tomoni tashabbus ko‘rsatsa, 2026 yilda Rossiya — Isroil uchrashuvini ko‘rish ehtimoli bor. Bu fikrni Metaratings nashri keltirdi.
Shuningdek, mutaxassis Rossiya va Isroil futbol federatsiyalari o‘rtasidagi aloqalar juda yaxshi ekanini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, sanksiyalar sharoitida Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik bahslarini o‘tkazishi mumkin. Mart oyidagi navbatdagi yig‘in uchun raqiblar hozircha rasman e’lon qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!