date

The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi

The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro'yxati keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning ilk o'ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.

Bunday ro'yxatni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Reddit'dagi izohlarda futbol ishqibozlari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi.

Qayd etish joiz, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi