Alberтини Sakkini yaxshi ma'nodagi haqiqiy manyak deb atadi

"Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Demetrio Alberтини 1988-2002 yillar oralig'ida klub safida to'p surib, o'sha davrning eng mashhur murabbiylari qo'l ostida ishlashga ulgurgan. Ular orasida Arrigo Sakki, Fabio Kapello hamda Karlo Anchelotti bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Alberтини 1991 yilda "Milan"ni tark etib, Italiya terma jamoasini boshqarishga o'tgan Sakki haqida alohida to'xtaldi.
"Sakki yaxshi ma'noda haqiqiy manyak edi. Ko'p hollarda meni chetga boshlab, gap boshlardi — va bu suhbatlarning hammasi takтика, sxemalar, harakatlar haqida bo'lardi. U bularni shunchalik ehtiros bilan tushuntirar, ko'rsatardiki, unda o'yinga nisbatan noyob, odatdagidan boshqacha ishtiyoq borligi yaqqol sezilardi", — deya Alberтиning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Ayni paytda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!