Tochilin MO'K qarori FIFA va UEFAdagi banlarga ta'sir qiladi

Futbol eksperti Aleksandr Tochilin «Yevro-Futbol.Ru»ga bergan intervyusida FIFA prezidenti Janni Infantinoning Rossiyaga qo'yilgan taqiqni bekor qilish haqidagi fikrlari, shuningdek, MO'K yaqin vaqt ichida rossiyalik sportchilarga nisbatan barcha sanksiyalarni olib tashlashi mumkinligi to'g'risidagi xabarlarni muhokama qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tochilin jahon OAV Milanda bo'lib o'tgan MO'K yig'ilishida Rossiya sportiga nisbatan cheklovlarni bekor qilish bo'yicha prinsipial qaror qabul qilingani haqida yozayotganini eslatib, bunday ssenariy ro'y berishiga umid bildirdi. Uning aytishicha, bu mavzu ancha vaqtdan beri kun tartibida, Yevropadan qat'iy siyosiy qaror kerak, qolaversa Rossiyasiz yirik musobaqalarning qiziqishi va intrigalari kamayib qolishini ular o'zlari ham tushunadi.
Ekspert Infantinoning Rossiya jamoalarini chetlatish “ma'nosiz” ekani haqidagi bayonotini ham shu jarayonlarning davomi sifatida baholadi. Tochilinga ko'ra, Rossiyaga nisbatan yondashuvda ikkiyoqlama standart va biryoqlama qarashlar ko'p bo'ldi, biroq dunyodagi vaziyat o'zgarar ekan, taqiqning o'zi ham tobora “absurd” ko'rinayotgani sezilmoqda.
Tochilin MO'K sanksiyalarni bekor qilsa, bu futbolga ham ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidladi. Uning fikricha, agar MO'K kabi yirik tashkilot birinchi bo'lib cheklovlardan voz kechsa, bu precedent yaratadi va FIFA hamda UEFA kabi tuzilmalar o'z qarorlarini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ladi.
Infantino kelajakda siyosiy sabablar bilan jamoalarni musobaqalardan chetlatishni qonunan taqiqlash kerakligini ham aytgandi. Tochilin bu g'oyani qo'llab-quvvatlashini bildirib, sportning asosiy shiori siyosatdan xoli bo'lishi kerakligini, Rossiyaga nisbatan qabul qilingan qarorlar esa aynan shu tamoyilga zid kelganini qayd etdi.
Shuningdek, OAVda FIFA aprel oyidagi kongressda Rossiyaning xalqaro turnirlarga to'liq qaytishi masalasini ko'rib chiqishi mumkinligi haqida yozilmoqda. Tochilin bunday imkoniyatni rad etmadi: agar bunday gap-so'zlar ketayotgan bo'lsa, demak, ma'lumotlar havodan olinmagan.
Ekspert Rossiyaga ruxsat berilgan taqdirda ham ayrim raqiblar maydonga tushishdan bosh tortishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi. Uning ta'kidlashicha, har bir tashkilotning o'z reglamenti bor va kimdir uni buzsa, sababidan qat'i nazar, belgilangan intizomiy choralar qo'llanishi kerak; texnik mag'lubiyatlar amaliyoti boshqalarga ham signal bo'lib, bunday demarshlar oxir-oqibat o'zlariga zarar keltirishini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!