Uvarov Rossiyaga UYEFAdagi ehtimoliy raqibni aytdi

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Uvarov yaqin yillarda Rossiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi. Hozirda Uvarov Tel-Avivning “Makkabi” klubi yoshlar jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, bunday o‘yin uchun jiddiy to‘siqlar yo‘q. Uvarov Rossiya tomoni tashabbus ko‘rsatsa, 2026 yilda Rossiya — Isroil bahsini ko‘rish mumkinligini aytdi.
Shuningdek, u Rossiya va Isroil futbol federatsiyalari o‘rtasidagi munosabatlar juda yaxshi ekanini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, sanksiyalar sharoitida Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi mumkin. Mart oyidagi yig‘in uchun raqiblar hozircha e’lon qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!