Denis Makarov jarohat sabab noma'lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning "Kayserispor" klubida to'p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat olib, noma'lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub bayonotiga ko'ra, tekshiruvlar natijasida futbolchining o'ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil jarohat hamda shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov "Kayserispor" safidagi debyutini 3 fevral kuni "Galatasaray"ga qarshi o'yinda o'tkazgan, uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan. Uning jamoasi hozir turnir jadvalida 17-o'rinda borib, ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Makarov bunga qadar Moskvaning "Dinamo" klubida o'ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!