date

Antonin Panenka panenka uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi

Antonin Panenka panenka uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi

Chexiyalik futbol afsonasi Antonin Panenka penaltilarni “panenka” uslubida tepish raqibga hurmatsizlik degan qarashga qo‘shilmasligini aytdi. U bu zarbani ilk bor Yevropa chempionati-1976 finalida qo‘llab, futbol tarixida alohida iz qoldirgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Panenkaning ta’kidlashicha, u o‘sha vaziyatda raqibni masxara qilish haqida emas, aynan gol urish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan yechim haqida o‘ylagan. “Finalda sen raqib ustidan kulish uchun emas, gol urish uchun maydonga tushasan. Men futbolni yaxshi ko‘raman va hech kimning ustidan kulishni istamaganman. O‘sha paytda bu eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylagandim”, — dedi Panenka Cadena SER’ning El Larguero dasturida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panenka Afrika kubogi finalida Brahim Dias nega “panenka” uslubida gol ura olmaganiga doir fikrlarini ham bildirgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Antonin Panenka panenka uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi