PSJ muxlislari xatti-harakati uchun jazolanishi mumkin

8 fevral kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida Fransiya chempionatining 21-turida «PSJ» «Marsel»ni 5:0 hisobida yenggan o'yinda mezbonlar muxlislari salbiy tomondan ko'zga tashlandi, deb yozmoqda Le Parisien. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv davomida parijlik ishqibozlar raqibga haqoratli shiorlar aytib, xuddi shunday mazmundagi bannerlarni ham namoyish etdi. Ayrim iboralar irqchilik sifatida talqin qilinishi mumkin, biroq manba suhbatlashgan yurist buni isbotlash oson emasligini ta'kidlagan.
O'yin yakuniga 20 daqiqa qolganida tribunalarda ko'plab fayyerlar yoqilgani sababli bahs vaqtincha to'xtatildi. «PSJ» rahbariyati esa uchrashuvdan oldinroq muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so'rab, vaziyatni oldindan jilovlashga urinib ko'rgan.
Avvalroq klub muxlislari «Pari» klubi adresiga haqoratlar qilganida «PSJ» tribunaning bir qismini qisman yopish jazosi bilan jazolangan edi. Endi holat yana takrorlangani uchun 18 fevral kuni intizomiy qo'mita xuddi shunday chorani ko'rishi ehtimoli yuqori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!