date

Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi masalasini yopdi

Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi masalasini yopdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, “Milan” va “Chelsi” sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko milliy terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shevchenko UAF matbuot xizmati orqali Rebrovni almashtirish masalasi kun tartibida emasligini, murabbiy ishini xotirjam davom ettirishi mumkinligini ta’kidladi.

Sergey Rebrov Ukraina terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

“Sariq-ko‘klar” 2026 yilgi JCh saralashidagi guruhni ikkinchi o‘rinda yakunladi va endi pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ukrainaning ilk raqibi Shvetsiya terma jamoasi bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi masalasini yopdi